“Yigirma uch”, men - “Yigirma to‘rt”, aloqadaman, qabul!”

Akam harbiy edi. Unga havas qilib, men ham shu sohani tanlashga qaror qildim. Harbiy yoki ichki ishlar xodimi bo‘lishimni rahmatli otam ham xohlardi. Otamning orzusini amalga oshirdim, maqsadimga erishdim. Toshkentdagi Aloqa kollejini tamomlab, sinov asosida harbiylikka qabul qilinganman. 11 yildan beri aloqachi vazifasida xizmat qilyapman.

Turmush o‘rtog‘im – payvandchi. U meni doim qo‘llab-quvvatlaydi. Bir nafar o‘g‘limiz bor. Hali maktbada, 10-sinfda o‘qiydi. Uning ham orzusi – harbiy bo‘lish.

Ayol kishi uchun harbiylik osonmas, agar yaqinlaring ko‘makdosh bo‘lmasa. Kezi kelganda to‘y-marosimlarda qatnasholmayman. Ammo afsuslanmayman ham. Sababi muqaddas burchni bajaryapman. Vatanga sadoqat bilan xizmat qilyapman.

Lyudmila Snapenkino, kichik serjant.