Yer va suvdan samarali foydalanmagan 53 nafar fermerning yerlari olib qo‘yilishi mumkin

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Toyloq tuman bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda, ayniqsa, suv resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan qat’iy monitoring o‘rnatilgan. Hamkor tashkilotlar bilan suv resurslarining kunlik tahlili olib borilyapti. 

Ammo, inspeksiya organlari tomonidan olib borilayotgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari, monitoring-tahlillarga qaramasdan, yer va suv resurslaridan foydalanishda qonunbuzilish holatlari hamon kuzatilmoqda.

 Jumladan, joriy yilning yanvar-iyul oylarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 53 fermer xo‘jaligi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda yer va suv resurslaridan foydalanishda qonunbuzilish holatlari sodir etilgan.

Ushbu fermer xo‘jaliklari rahbarlariga ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, Toyloq tuman ma’muriy sudining tegishli qarori qabul qilinib, inspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan mazkur fermer xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlarini tuman zaxirasiga olinishi yuzasidan tuman hokimiga tegishli tartibda taqdimnoma kiritildi. 

Abduvali XUDOYoROV,

Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi

bosh inspektori.

Zoyir EShONQULOV,

inspeksiyaning Toyloq tuman bo‘limi boshlig‘i.