Davlat dasturi loyihasi: aholi salomatligini yaxshilash uchun nimalar qilinadi?
➖ Aholi o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytiriladi. Shu maqsadda 18-40 yoshli 12,7 mln nafar aholi hamda 7,1 mln nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida eng ko‘p uchraydigan yurak qon-tomir, qandli diabet, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash uchun profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
➖ Diabet kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olinadi.
➖ Bolalar orasida irsiy kasalliklarni aniqlash uchun ommaviy va selektiv skrining o‘tkaziladi. 1 mln nafar chaqaloqlarni tug‘ma gipotireoz, fenilketonuriya kasalliklarini aniqlash bo‘yicha neonatal skriningdan o‘tkaziladi.
➖ Bolalar orasida ommaviy va selektiv skrining o‘tkaziladi. 3-18 yoshli 10 mln nafar bolalarda onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha ommaviy va selektiv skriningdan o‘tkaziladi hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni eshitish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha audioskriningdan o‘tkaziladi.