Yerevanda Pashinyan iste’fosini talab qilgan 24 nafar namoyishchi hibsga olindi
- 20.11.2020 09:20
- 56
- Xorij
Armaniston politsiyasi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib, Yerevan ko‘chalarini berkitgan 24 nafar namoyishchini hibsga oldi. Bu haqda RIA Novosti nashriga Yerevan politsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Ayni vaqtda politsiya bo‘limiga 24 nafar shaxs olib kelingan”, dedi politsiya vakili.
Vakilning so‘zlariga ko‘ra, Yerevanda yana berkitilgan ko‘chalar bor yoki yo‘qligi haqida u ma’lumotga ega emas.
Bir necha kundan beri Yerevanda muxolifat norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyish ishtirokchilari mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabog‘dagi o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvga imzo qo‘ygani uchun uning iste’foga chiqishini talab qilishmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa