Eri bilan janjallashib o‘zini kanalga tashlagan 28 yoshli ayolning hayoti saqlab qolindi

Joriy yilning 24 avgust kuni taxminan soat 16:30 larda 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro N.Kuchakova turmush o‘rtog‘i, 1989 yilda tug‘ilgan F.Jo‘rayev bilan o‘zaro janjallashib qoladi. Jahli chiqib, Chirchiq shahar Zakovat ko‘chasidagi Bo‘zsuv kanalining ko‘prigidan o‘zini tashlagan.

Soat 16:49 da ushbu holatni ko‘rgan atrofdagi fuqarolar zudlik bilan Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 8 yong‘in-qutqaruv qismiga xabar berishgan.

Xabarga asosan, bir guruh qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, fuqaro N.Kuchakovani qutqarib qolishgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez-tibbiy yordam xodimlari tomonidan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda fuqaro N. Kuchakovaning ahvoli yaxshi.