Erkinjon Turdimov birinchilar qatorida ovoz berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand saylov okrugi hududi, ya’ni Samarqand viloyatidagi 1111 ta saylov uchastkalarining barchasida bugun ertalab soat 8.00 da ovoz berish jarayonlari boshlandi.
Ovoz berish Saylov kodeksida belgilangan talablar asosida amalga oshirilmoqda.
Saylovchilarning elektron ro‘yxati asosidagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, okrug bo‘yicha saylovchilarning umumiy soni 2 million 194 ming 392 nafarni, jumladan, birinchi marta saylovda qatnashuvchi yoshlar 151 ming 676 nafarni tashkil etmoqda.
Samarqand shahridagi 144-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari aholining faol ishtirokida boshlandi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov viloyatning ikkinchi va to‘rtinchi sektor rahbarlari bilan birga mazkur uchastkaga borib, birinchilar qatorida ovoz berdi.
- Prezident saylovi Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini belgilab beradigan siyosiy tadbir, – dedi E.Turdimov. – Shu jihatdan bu saylovda ishtirok etish barchamizning konstitutsion huquqimiz, xalqimiz, oilamiz oldidagi burchimizdir.