Erkinjon Turdimov bolajonlarga Prezident sovg‘asini berdi

Ayni paytlarda Samarqand shahridagi “Diyora” bazmgohida viloyatdagi mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar va SOS bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari hamda yurtimiz tinchligi va sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlaridan iborat 1024 nafar bolajonlarga Prezident sovg‘alari berilmoqda.

Dastlab Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov bolalarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi, zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha imkoniyat yaratilganini ta’kidladi. So‘ngra bolajonlarga Prezident sovg‘asini ulashdi.

Tadbirda Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi tomoshalar, baxtli bolalik, go‘zal diyorimiz madh etilgan qo‘shiqlar bolalarga bir olam quvonch bag‘ishlamoqda.

Baxtiyor MUSTANOV olgan suratlar.