“Prezident sovg‘asi” karvoni yo‘lga tushdi
- 25.12.2023 17:03
- 88
- O‘zbekiston
Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” karvonlari hududlarga jo‘nab ketmoqda.
Umumiy hisobda 11 000 dona tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, darts magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.
Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.
“Prezident sovg‘asi” hududiy hokimliklar ishtirokida bolalarga 29-30-dekabr kunlari topshiriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa