Ishtixonlik bolajonlarga Prezident sovg‘alari topshirildi

Ishtixon tumanida “Prezident archasi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Kunning birinchi yarmida tuman markazidagi “Ustozlar bog‘i”da bolajonlar va ularning ota-onalari uchun konsert dasturi namoyish etildi. Bolajonlarga Prezident sovg‘alari topshirildi.

— Biz Yangi yil bayramini orziqib kutamiz, – deydi 1-IDUM o‘quvchisi Asilbek Qarshiyev. – Bu bayramda Qorbobo kelib, bizga sovg‘alar beradi. Mana, bugun Prezidentimiz tomonidan yuborilgan sovg‘alarni olib, yanayam ko‘nglimiz shodlikka to‘ldi.

Bayram davomida bolajonlarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari ulashildi. Tuman hokimi Shuhrat Negmatov bolalar va ular orqali Ishtixon xalqini Yangi yil bayrami bilan qutladi.

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.