11 ming dona “Prezident sovg‘asi” hududlarga jo‘natildi
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan 3-15 yoshdagi bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun 11 000 dona “Prezident sovg‘asi” tayyorlanib hududlarga yuborilmoqda.
“Prezident sovg‘asi” tarkibiga 20 turdagi shirinlik, 3 turdagi o‘quv qurollari va 2 turdagi jihozlar kiritilgan.
“Prezident sovg‘asi” Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, viloyatiga “Uzbekistan Airways” AJ samolyotlari orqali va qolgan viloyatlarga avtotransport orqali yetkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan hozirlangan sovg‘alar hududiy hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30 dekabr kunlari yetkazib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi “Prezident archasi” tadbirlari COVID-2019 virusi bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olgan, bolalar sog‘ligini asrash maqsadida karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda tashkil etiladi.