Eron AQSh bilan kelishuvga tayyor.AQSh Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqa boshladi. Xitoyga qarshi bojlar yanada keskin oshiriladi. Rubl boshqa valyutalarga nisbatan mustahkamlandi

🔹 Eron Vashington konstruktiv pozitsiyani egallab, Eron yadro dasturini to‘liq yo‘q qilishni talab qilmasa, AQSh bilan bo‘lajak kelishuv shartlari bo‘yicha muhokamalarni boshlashga tayyorligini bildirdi.

🔹 Iroq bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad al-Sharani ertaga, 17 may kuni Bag‘dodga, arab davlatlari rahbarlari sammitiga taklif qildi.

🔹 Tesla kompaniyasining Cybercab va Semi mashinalari ishlab chiqarishi Trampning Xitoyga bojlarni keskin oshirishi tahdidi ostida. Erkin savdo tarafdori bo‘lgan Tesla bosh direktori Ilon Mask Trampdan yangi tariflarni qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan. Biroq, befoyda. Vaziyat geosiyosiy xavflarga nisbatan hatto qudratli kompaniyalar zaifligini ko‘rsatmoqda.

🔹 AQSh Suriya sharqidan qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni davom ettirmoqda. O‘n kun avval 70 dan ortiq mashinadan iborat birinchi karvon, uch kun avval 200 dan ortiq transport va zirhli texnika chiqarila boshlandi. Chiqib ketish taxminan ikki oy davom etadi.

🔹 Tramp Xitoy tovarlariga 245 foizgacha bojxona bojlari kiritish bilan tahdid qildi. Bundan tashqari, Tramp 70 dan ortiq davlatni Xitoy iqtisodiyotini izolyasiya qilishga ko‘ndirmoqchi. Pekin, o‘z navbatida, Amerika Boeing samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniyasidan mahsulotlar importini cheklab, samolyot butlovchi qism va jihozlar sotib olishni taqiqladi.

🔹 Jo Bayden o‘z lavozimini tark etganidan so‘ng birinchi marta ommaviy nutq so‘zladi. U ismini tilga olmay turib, Trampni tanqid qildi. "100 kundan kamroq vaqt ichida bu ma’muriyat shunchalik katta zarar va vayronagarchiliklarga olib keldiki - dahshat", dedi Bayden. U asosan, Oq uyning ijtimoiy dasturlar va davlat xizmati apparatini qisqartirish, shuningdek, muhojirlarga nisbatan choralarini tanqid qilgan.

🔹 Rubl bu yil barcha valyutalarga qaraganda dollarga nisbatan mustahkamlandi. Dollar Tramp boshlagan savdo urushi tufayli larzaga kelgan bo‘lsa-da, rubl, aksincha, Rossiyaga xos omillar, jumladan, Markaziy bankning rekord darajadagi asosiy kursi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 38 foizga qimmatlashgan rubl notinch vaqtlarda an’anaviy ravishda «xavfsiz boshpana» hisoblangan oltindan ham o‘zdi.

🔹 Tramp AQShni ixtiyoriy ravishda tark etishga rozi bo‘lgan noqonuniy migrantlarga pul to‘lashga va’da berdi.

🔹 Mutaxassislar bugun va ertaga yer yuzini yana kuchli magnit bo‘ronlari qoplashi haqida ogohlantirgan.

G.Xoldorova tayyorladi.