Eron bilan urush: "Bu muqarrar Trampning mag‘lubiyati bo‘ladi"

Kecha, 17 may kuni AQShning ikkita esminetsi Fors Ko‘rfaziga kirdi. Shuningdek, Fors Ko‘rfazi tomon AQShning yana bir katta harbiy kemasi "Avraam Linkoln" boshchiligidagi kemalar guruhi kelmoqda.

"Avraam Linkoln"ning bortiga 90 harbiy qiruvchi samolyot va vertolyotlar sig‘adi.

Shuningdek, ko‘rfazda AQShning yana bir esminetsi "McFaul" va bortida 30 ta samolyot va vertolyotlarni sig‘diruvchi universal "Kearsarge" desant kemasi bo‘lib turibdi.

Umumiy hisobda hozir fors ko‘rfazida AQShning 10 ga yaqin harbiy kemasi bor.

Ammo, tahlilchilar AQSh Eron bilan urushmasligini taxmin qilmoqdalar.

"Agar bu urush sodir bo‘ladigan bo‘lsa, bunda Tramp aniq yutqazadi. Sababi, o‘zi shundoq ham AQShda Trampning reytingi juda past darajada bo‘lib turibdi va keyingi saylovlarda qayta saylana olmasligi mumkin. Agar Eron bilan urush boshlasa uning reytingi yanada tushib ketadi. Shuning uchun ham Tramp hozir Eronga turli yo‘llar bilan bosim o‘tkazayotgani bilan har qanday holatda urushdan qochishga urinadi" deyishmoqda ular.