Eron – Isroil ziddiyati: Eron MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatadi

▪️ Eron parlamenti MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatishga ovoz berdi. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik inspektorlari endi Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashining oldindan ruxsatisiz mamlakatda tekshiruv o‘tkaza olmaydi.

▪️ Kecha Eron Isroil ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilib, minglab aholi mamlakat qurolli kuchlariga minnatdorchilik bildirish uchun Inqilob maydoniga chiqishgan. Miting Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi xabarlar fonida bo‘ldi va Tehron buni o‘z strategik g‘alabasi deb atadi.

▪️ Tramp Eron-Isroil o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi uchun Nobel mukofotiga nomzodini ilgari surdi. Netanyaxuning Tramp bilan telefon orqali suhbatidan keyin Isroil Eronga navbatdagi zarba berishdan o‘zini tiyadi, deyiladi AQSh ma’muriyati bayonotda. Avvalroq Isroil Eron shimolidagi nishonga hujum qilgan. Quddus bu o‘t ochishni to‘xtatish qoidalarining buzilishiga javob demoqda.

▪️ NBC News xabar berishicha: Eron bilan mojaro avj olgach, Isroil armiyasi “ayrim asosiy qurollar” taqchilligini boshdan kechirmoqda.

▪️ Ma’lumotlarga ko‘ra, ziddiyat boshlangach, Eronning Isroilni o‘qqa tutishi oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 1472 kishi jarohatlangan. Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning bergan zarbalari natijasida 610 kishi halok bo‘lgani va 5 mingga yaqin kishi jarohatlangani haqida xabar bergan.