Eronda yana portlashlar: Isroil yangi hujum boshladi

Mehrnews xabariga ko‘ra, Tabrizdagi aeroport hududiga bir qator zarbalar berilgan va aeroport vayron qilingani aytilmoqda.

Isroil – Eron ziddiyati tafsilotlari:

✹ Isroil 13 iyun, jumaga o‘tar kechasi Erondagi nishonlarga zarba berdi.

✹ Isroil rasmiylari Eronning yadroviy dasturi ob’yektlariga hujum qilganini aytsa, Eron zarbalar Tehronning turar-joylari nishonga olinganini aytdi.

✹ MAGATE hozircha Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish alomatlarini ko‘rmaganini ma’lum qilgan.

✹ Yakshanba kuni Ummonda Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha AQSh va Eron delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Eron Isroil hujumidan keyin muzokaralarni bekor qildi.

✹ Eronda Bosh shtabning yangi rahbari tayinlandi.

✹ Isroil rasmiylari Eronning havo hujumidan mudofaa tizimi yo‘q qilinganidan so‘ng “Eron osmoni butunlay ochiq va himoyasiz” ekanini ta’kidladi. Tehronga tanlash imkoniyati berildi: agar Eron hujumlarga javob qaytarsa, Isroil neftni qayta ishlash zavodlariga zarba beradi va mamlakat iqtisodiyotini vayron qiladi.

✹ Isroil o‘n minglab zaxirachilarni chaqirib, ommaviy safarbarlikni boshladi.

✹ Eronda internet va mobil aloqa uzildi. Minglab odamlar ko‘chalarga chiqqan. Ular Isroilga zudlik bilan zarba berishni talab qilmoqda va rasmiylarning harakatsizligidan g‘azabda. Hukumat qo‘zg‘olon bo‘lishidan havotirda.