Ertadan Qarshida karantin qoidalari yumshatilmoqda

Ertaga, 7 maydan Qarshi shahrida karantin talablari bosqichma-bosqich bekor qilinyapti.

Hozircha Qarshi shahrida yo‘nalishsiz taksilar harakatlanishi uchun ruxsat berilmoqda. Bunda yo‘lovchilar soni 3 kishidan oshmasligi va karantin qoidalariga amal qilinishi shart. Lekin «Damas» avtomashinasi va avtobuslarga hali ruxsat yo‘q.

Karantin talablariga rioya qilgan holda, sartaroshxona hamda savdo do‘konlari ham faoliyatini davom ettirishi mumkin. Asosiysi, aholi endi mototsikl, skuter va velosipedlarda harakatlansa bo‘ladi. Bu cheklov ham bekor qilindi.

Mehmonxonalar faoliyatiga ham ruxsat berildi, faqatgina nonushtasiz va karantin qoidalariga amal qilgan holda.