Ertaga barcha ta’lim muassasalari, bog‘chalar ishlaydi
Davlatimiz rahbarining 2024 yilda qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash bo‘yicha farmoniga asosan 11–12 aprel kunlari Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun dam olish kuni etib belgilandi.
Ertaga, 13 aprel shanba kuni haftalik ish tartibidan qat’i nazar barcha uchun ish kuni hisoblanadi. Jumladan, o‘quv maskanlari, ta’lim muassasalari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari shanba kuni to‘liq ish rejimida ishlaydi.