Ertaga O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib keladi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, ertaga O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

1 noyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik to‘xtaydi, va bunday quruq ob-havo hafta oxirigacha saqlanib turadi. 1-2 noyabr kunlari kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechalari +3...+8 darajagacha pasayadi, kunduzi 1-2 noyabrda +17...+22 daraja bo‘ladi, 3 noyabrda harorat biroz ko‘tariladi va +19...+24 darajani tashkil etadi.