Ertaga Samarqand viloyatining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi
“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriyati sizga shuni ma’lum qiladiki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” AJning 2019 yil 16 dekabrdagi 44/11-20/257-sonli xatiga asosan joriy yilning 17 dekabrida soat 11:00 dan 16:00 ga qadar “Katta-Qo‘rg‘on” podstansiyasidagi V-Zarmitan-110 kVli moyli o‘chirgichi modernizatsiya programmasi asosida almashtirish uchun chiqariladi.
Ushbu MKP-110 rusumdagi moyli o‘chirgichni demontaj qilishda tepasidan o‘tgan, kuchlanish ostida bo‘lgan L-Zarmitan-110 kV havo liniyasi xalaqit beradi. Xavfsizlik qoidalariga asosan ushbu havo liniyasi vaqtincha elektr tarmog‘idan uziladi.
Shunga ko‘ra, Samarqand viloyatining Ishtixon, Qo‘shrabot tumanlarida 11:00 dan 16:00 gacha elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi.
Ushbu noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
“Samarqand HETK” AJ axborot xizmati.