“Samarqand HETK” AJ elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi

Respublika bo‘yicha elektr energiyasi ta’minoti yagona energetika tizimi orqali amalga oshiriladi va ushbu tizimning bir maromda ishlashi barcha iste’molchilarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashda joylardagi viloyat energetika korxonalarining tezkor dispetcherlik xizmatlari va elektr energiyani ishlab chiqaruvchi korxonalar quvvatiga asosan "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ dispetcherlik xizmati tomonidan doimiy nazorat qilinadi.

Hozirgi vaqtda havo haroratining keskin sovushi oqibatida elektr ishlab chiqarish stansiyalarida yuzaga kelgan buzilish, ishdan chiqish (avariya) holatlari sabab bo‘lmoqda. Shu tufayli viloyatimizning turli hududlarida elektr energiya tanqisligi vujudga kelmoqda. Joriy yilning 20 noyabridan elektr energiyasi ta’minotida kun davomida uzilishlar sodir bo‘layotir. Bu esa Samarqand viloyati tumanlari aholisining haqli e’tirozi va noroziliklariga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ rahbariyati iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Shuningdek, korxona rahbariyati havo harorati tushib ketgan ayni kunlarda iste’molchilarning elektr energiyasidan oqilona foydalanishlarini tavsiya etadi.

«Samarqand HETK» AJ axborot xizmati.