Ertaga Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi, bir qator qonunlar muhokamasi kutilmoqda

Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi Senatning qirq to‘rtinchi yalpi majlisini 2023-yil 24 avgustda chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qayd etilganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator masalalarni muhokama etish rejalashtirilgan.

“O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida«gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valyutani tartibga solishga, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida«gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sog‘liqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida«gi hamda “Yer qa’ri to‘g‘risida«gi qonunlar shular jumlasidandir.