Ertaga Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo‘lib o‘tadi
Ha, 29 mart kuni shaharda ishlovchi vazirlik, qo‘mita va korxona-tashkilot, muassasalarda ishlovchi rahbar va xodimlar ishga jamoat transportida borishlari kerak.
O‘zbekiston Ekologiya vazirligining xabar berishicha, aksiya zararli transport gazlarining havo sifatiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.
“Barchangizni ushbu aksiyaga befarq bo‘lmaslik, jamoat transporti, velosiped va boshqa ekologiyaga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanishga taklif qilamiz”, – deyiladi Ekologiya vazirligi xabarida.