Ertaga Ukraina-Rossiya muzokaralari rejalashtirilgan

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ertaga, 23 iyul kuni Turkiyada Rossiya tomoni bilan uchrashuv rejalashtirilganini aytdi. Bu haqda u kechki videomurojaatida ma’lum qildi.
"Bugun men Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov bilan almashuvga tayyorgarlikni va Rossiya tomoni bilan Turkiyadagi navbatdagi uchrashuvni muhokama qildim. Umerov uchrashuv chorshanba kuniga rejalashtirilganini ma’lum qildi", dedi Zelenskiy va bugun bu haqda batafsil ma’lumot berishga va’da berdi.
Avvalroq TASS agentligi o‘z manbasiga tayanib, delegatsiyalar o‘rtasidagi uchinchi uchrashuv payshanba va juma kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tishi mumkinligini xabar qilgan edi. Ammo bu ma’lumotni rasmiy tasdiqlagani yo‘q.