Ertaga Ulug‘ Tursunov ko‘chasidan hokim o‘rinbosari o‘tadi

Saytimiz va telegram kanalimizda 7 noyabr kuni “Bizning ko‘chaga ham hokimlar kelarmikan?” sarlavhali material berib, Samarqand shahar U.Tursunov ko‘chasidagi holat haqida yozgan edik.

Afsuski, o‘tgan vaqt mobaynida ushbu materialga mutasaddilar javob berishni o‘zlariga ep ko‘rishmagan edi.

Ertaga, 12 noyabr kuni viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari A.Shukurov ishtirokida shahardagi yo‘llarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari haqida matbuot anjumani o‘tkazilar ekan. Balki maqolaga shu tadbirda javob berilar.