Eslatma: bir necha soliq turlari uchun bugun oxirgi kun
- bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy yil uchun mol-mulk soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 5-qism);
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha 1 yanvar holatiga hisoblab chiqarilgan yer solig‘i hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 1-qism);
- soliq solish ob’yekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan yer uchastkalari to‘g‘risida Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 5-qism);
- AOS to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);
- O‘zbekistonda faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekistonning norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini yetkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 447-modda 3-qism);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar mo‘ljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy yil uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdimning etish oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 2-qism);
- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS to‘lovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism);
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-va 2-qismlar);
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3- va 4-qismlar);
- agar dekabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism).