Yetimning haqi

Bir kishi vafot etdi, ayoli - yosh juvon qo‘lidagi go‘dagi yetim qoldi. Uning akasi bu beva ayolni ko‘maksiz, bolakayni tarbiyasiz qolmasligi uchun hozir bo‘ldi.
Ayol eridan qolgan barcha mulkni qaynakasiga ishonib, uning tasarrufiga topshirdi. Ko‘zlari xasaddan qoraygan aka jiyanining haqqi bo‘lgan hamma mol-mulkni sotib, Amerikaga qarab juftakni rostladi. Uning omadi chopdi.
U yerdan yaxshi ish topib, oq tanli ayolga uylandi. Bola-chaqali bo‘ldi. Ular avtomobil oldi-sotdisida mohir savdogarga aylanishdi. Ayoli ham eriga pulni ko‘paytirishda qarashardi. Kun sayin boyib borardi. Ukasining bevasi esa qashshoqlashar, u bolasining go‘zal axloqli, o‘qimishli bo‘lishi uchun bor kuchini sarf etardi.
Oradan 15 yil o‘tib, aka o‘z yurtiga qaytdi. Katta yer sotib olib, hashamatli qasr qurdi. U o‘z savdosini davom ettirdi. Ukasining o‘g‘li yigit yoshiga yetgan edi. Amakisining oldiga otasidan qolgan merosdan hissa talab qilgani bordi.
- Senga beradigan bir chaqam ham yo‘q. Yo‘qol, ko‘zimga ko‘rinma, yana uyimga qadam bossang, o‘zingdan o‘pkala, - dedi amaki.
Yigit siniq holda volidasining yoniga qaytdi.
Amaki o‘z qasrini eng yangi, sara jihozlar bilan bezatdi. Amerikadagi oilasini chaqirdi. Ularni o‘zi kutib olishga qaror qildi. Lekin uyga qaytish chog‘ida avtohalokatga uchrashdi. Amaki, uning ayoli, farzandlari; barchalari vafot etdi.
Ajablanarlisi shunda ediki, bu yetim yigit amakisining yolg‘iz, rasmiy merosxo‘riga aylangandi.
U eng qiyin, eng mashaqqatli damlarni yashayotganida 15 yil o‘tib, Alloh uning amakisini mulkini ko‘paytirib berishiga sababchi, haqiqiy egasiga ziyodasi bilan qaytarishni taqdir qilganini bilmasdi...