Yevroittifoq Moldovaga harbiy yordam ko‘rsatishga qaror qildi

«Yevropa Ittifoqi Moldovaga harbiy yordam beradi»: bu haqda Kishinyovga tashrif buyurgan Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Bryusselning asosiy vazifasi Dnestrbo‘yida keskinlashuvning oldini olish, shuningdek, Moldovaga “dezinformatsiya va kiberhujumlarga qarshi turishda” yordam berishdan iborat.

Charlz Mishel, Yevropa Kengashi Prezidenti:
"Yevropa Ittifoqi siz bilan, Moldova bilan to‘liq birdamligini bildiradi. Bizning Yevropadagi burchimiz mamlakatingizga yordam berish va qo‘llab-quvvatlash, barqarorlik, xavfsizlik, hududiy yaxlitlik va suverenitetni qo‘llab-quvvatlashni oshirishdir. Bu yil biz Moldovaga yordamni sezilarli darajada oshirish - qurolli kuchlarini qo‘shimcha jihozlar bilan ta’minlashni rejalashtirmoqdamiz".

O‘tgan haftada Dnestrbo‘yida, jumladan, tan olinmagan respublika Milliy xavfsizlik vazirligi binosi yaqinida bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi. Dnestrbo‘yi hukumati ularni "izlari Ukraina hududiga olib boruvchi terror xurujlari" deb atadi. Kishinyov va Kiyevda bu voqea Rossiya maxsus xizmatlari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan provokatsiya deb atalgan.