Yevropa Ittifoqi davlatlari koronavirusning ikkinchi xuruji haqida ogohlantirdi
Yevropa Ittifoqi davlatlari koronavirus tarqalishining ikkinchi xuruji kuzatilishi ehtimoli haqida ogohlantirdi va voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi bugun, 11 may kuni xabar qildi.
“Mavjud xavfni baholash tahlili ko‘rsatgan so‘nggi natijalardan kelib chiqqan holda a’zo mamlakatlar ikkinchi xurujga tayyor turishlari zarur”, dedi komissiya vakili.
Oldinroq, Germaniyaning Robert Kox instituti rahbari Lotar Viler ikkinchi va uchinchi xurujlar haqida ogohlantirgan edi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, yer aholisining 60-70 foizi kasallanib tuzalmaguncha infeksiya tarqalishda davom etadi.
Taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib dunyoda 4,1 milliondan ortiq kasallanish holati qayd etilgan. Keyingi kecha-kunduzda 77876 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan. Umumiy hisobda 1 411 619 (+35670) nafar odam tuzalgan va 282719 (+3398) nafar bemor vafot etgan.