Yevropa Ittifoqi rahbarlari iqtisodiy tiklanish rejasiga oid kelishuvga erishdi
Yevropa Ittifoqi yetakchilari iqtisodiyotni tiklash jamg‘armasi va uzoq yillik moliyaviy reja bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Bu haqda Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel o‘zining Tvitter sahifasida ma’lum qildi.
“Bizda kelishuv bor, juda yaxshi - 1,074 trillion yevro byudjetga va 750 milliard (yevro) tiklanish rejasiga ega kelishuv. YeIda kelajakni moliyalashtirish hech qachon bu qadar ambitsiyali bo‘lmagan”, deya yozdi Belgiya Bosh vaziri Sofi Vilmes o‘zining Tvitter sahifasida.
Rejalashtirilgan ikki kun o‘rniga to‘rt kunga cho‘zilib ketgan YeI sammiti 21 iyul kuni tongda o‘z yakuniga yetdi. Yevropa yetakchilari to‘rt kun davomida o‘z ichiga tiklanish jamg‘armasi va uzoq yillik YeI byudjeti rejasini olgan COVID-19dan so‘ng Yevropa iqtisodiyotini qo‘llash masalalari bo‘yicha juda og‘ir kechgan muzokaralar olib bordi.
Sammit yakuni natijalari, yalpi majlis yakuniga yetganidan so‘ng Yevropa Kengashi va Yevropa komissiyasi tomonidan rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.