«FaceApp» dasturidan musulmonlar foydalanishi taqiqlanadi

Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining «keksaytirilgan» fotosuratlarini joylash urf bo‘ldi – yuzlab mashhur kishilar FaceApp dasturi yordamida o‘zlarining o‘zgartirilgan rasmlari bilan o‘rtoqlashdilar. Keksaytiruvchi dastur arab dunyosida ham ommalashdi, shu munosabat bilan al-Azhar akademiyasidan bo‘lgan misrlik mashhur olim bu borada fikr bildirishga qaror qildi.

Shayx Issama al-Rubiyning so‘zlariga ko‘ra, FaceApp dasturidan musulmonlar foydalanishi taqiqlanadi, chunki u «Alloh tomonidan yaratilgan narsalarni buzib ko‘rsatadi», iqtibos keltiradi IslamNews sayti Cairo24 ga havola keltirgan holda.

«Bu dastur ko‘ngilsiz oqibatlarga ega bo‘lgan ommaviy telbalik uchun sabab bo‘ldi, - izoh berdi shayx al-Rubiy. – Axir bu rasmlar odamlar bilan nima bo‘lishini ko‘rsata oladimi? Yo‘q. Bu faqat Allohgagina ma’lum».

Misrlik ilohiyot mutaxassisi izoh berishicha, islom qonun-qoidalari musulmonlarga plastik operatsiyalar yordamidami, fotomontaj vositasidami - o‘z qiyofasini sun’iy ravishda o‘zgartirish va o‘ziga o‘xshamay qolishni taqiqlaydi, deyiladi xabarda.