Fan olimpiadasi o‘tkazilayotgan hududlarga kuzatuv kameralari o‘rnatildi
Bugun Samarqand viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 3 ming 500 nafardan ortiq 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalari bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergandik.
Toyloq tumanidagi 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham fan olimpiadalarining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 270 nafar 9-sinf o‘quvchilari 18 ta fan bo‘yicha o‘zaro kuch sinashmoqda.
Joylarda bo‘lib o‘tayotgan fan olimpiadalarini adolatli o‘tkazish maqsadida imtihon bo‘layotgan sinfxonalar, zallar kuzatuv kameralari bilan jihozlandi. Ota-onalar esa tashqarida o‘rnatilgan monitor orqali o‘z farzandini qanday imtihon topshirayotganini bevosita ko‘rib turishi mumkin.
Bu yilgi fan olimpiadalarining ahamiyatli jihati shundaki, unda ishtirok etayotgan hakamlar hay’ati bir hafta oldin imtihondan o‘tkazilib, saralab olingan fan o‘qituvchilaridir. Saralash jarayonida viloyat bo‘yicha 3 ming 400 nafar o‘qituvchi qatnashib, ulardan 1200 nafari, ya’ni 75-100 ball to‘plagan bilimdon, faol, zukko fan o‘qituvchilari tanlab olindi.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.