Farzandingiz tunda qayerda ekanidan xabardor bo‘ling
Payshanba - profilaktika kuni munosabati bilan viloyat IIB huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi, Samarqand shahar IIB voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruh inspektor-psixologlari, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda tungi vaqtlarda voyaga yetmaganlarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz turli jamoat joylari (tungi bar, internet klublar, kafelar)da bo‘lishlarining oldini olishga qaratilgan “Tungi nazorat" tadbirlari o‘tkazildi.
Olib borilgan o‘rganishlar davomida bir necha voyaga yetmagan yoshlarning tungi vaqtda internet va tungi klublarda maqsadsiz yurish holatlari aniqlandi va holatlar yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. 3 nafar voyaga yetmagan aniqlanib, moslashuv markaziga olib kelindi.
Ushbu voyaga yetmaganlar orasida boshqa tumanlardan, hattoki boshqa viloyatlar va Toshkent shahridan Samarqandga kelib vatqini maqsadsiz o‘tkazayotgan maktab o‘quvchilarining ham borligi achinarli.
Shu o‘rinda ushbu yoshlarning, avvalo, ota-onalariga farzandining ta’lim olishi va tarbiyasiga e’tiborli bo‘lishlari lozimligini, tunda kim bilan nima yumush bajarib yurganligini nazoratga olishi zarurligini, shuningdek, ta’lim muassasasalarining rahbar mas’ullariga, mahalla profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchilariga, avvalo, surunkali dars mashg‘ulotlarida ishtirok etmayotgan, yurish-turishida o‘zgarish sezilgan yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi amaliy ishlar ko‘lamini kengaytirish lozimligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.
Shu kabi nazorat tadbirlari davom etmoqda.
G‘ofir Bobobekov.