Farzandini “pullayotgan” ayol ushlandi, chaqaloq davlat qaramog‘iga olindi
Joriy yilning 28 oktyabr kuni Xorazm viloyati IIB va DXX Xiva shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 22 yoshli S.M. moddiy daromad orttirish maqsadida o‘zining 2020 yilning 2 iyun kuni tug‘ilgan 4 oylik qiz farzandi Z.M.ni tadbirga jalb qilingan fuqarolar I.X. va N.R.larga 120 million so‘m evaziga sotishga kelishib, kelishilgan pulning 5.000 AQSh dollarini olib, qizini sotgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Chaqaloq esa davlat qaramog‘iga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha S.M. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok qilishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.