22 yoshli juvon tug‘ilmagan farzandini 50 million so‘mga sotmoqchi bo‘ldi
Buxoro viloyatida 22 yoshli Maftuna R. fuqaroga to‘rt oylik homilasini sog‘lom holda tug‘ib, 50 million so‘m evaziga sotishni taklif qilgan.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilning dekabrida Maftuna R. ofitsiant bo‘lib ishlagan vaqtida mijoz Fozila E. bilan tanishib, unga homilador ekanligini, to‘rt oylik homilasi borligi va moddiy jihatdan qiynalayotganligi, kelgusida tug‘ilajak farzandini moddiy tomondan ta’minlay olmasligini, farzandini sotish niyati borligini aytadi. To‘rt oylik homilasini sog‘lom holda tug‘ib, 50 million so‘m evaziga sotishni taklif qilib, avans tariqasida 25 million so‘m so‘raydi.
Joriy yilning 6 yanvar kuni soat 19:00 da o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahridagi “Al-Pari” restorani oldida Maftuna R. fuqaro Fozila E.dan 20 million so‘m va 500 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha Maftuna R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,135-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.