Samarqandlik ota-ona farzandini 85 million so‘mga sotayotganda qo‘lga olindi
- 22.09.2021 10:48
- 157
- Samarqand
Narpay tumani Oqtosh shaharchasida istiqomat qiluvchi ota-ona mashina, uy sotib olish maqsadida bir yarim yoshli bolani 85 million so‘mga baholashdi.
Navbahor tumanida istiqomat qiluvchi T.X. oldindan 50 million, bir necha kundan keyin qolgan 35 million so‘mni berish sharti bilan bolani sotib olmoqchi bo‘ldi.
Ota-ona 50 million so‘p pullarni olayotgan vaqtda Navoiy viloyati IIB TvaEQKB hamda Departamentning Karmana tumani bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Teglar:
bola sotish