Festival bizga qanot berdi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Umumta’lim maktablarida 5 tashabbus” festivalida munosib o‘rin egallaganimiz bizni ruhlantirdi, yangi marralar sari boshladi.
Maktabimiz jamoasi ushbu festivalning jismoniy tarbiya va sport hamda qizlarni ijtimoiy faol hayotga qamrab olish yo‘nalishlari bo‘yicha 1- va 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Futbol, voleybol va basketbol to‘plari (24 dona), sport ekipirovkasi (55 ta mashg‘ulot formasi hamda 14 ta nakidka), shuningdek, 2 ta tikuv mashinasi va oshxona jihozi bilan taqdirlandik. Ushbu sovg‘alar va erishilgan natijadan o‘quvchilarimizning qanchalik ruhlanganini so‘z bilan ifodalash qiyin.
Muhimi, biz yaratilgan sharoitga, albatta, munosib bo‘lamiz. G‘ayrat va shijoatimizni ilm olish va o‘quvchilarimizga puxta bilim berish, ularning yangi marralar sari olg‘a intilishiga bag‘ishlaymiz.
Feruza NAZAROVA,
Samarqand shahridagi 23-umumta’lim maktabi direktori.