Sayyordagi 10 ta mitti davlat
Maldiv orollari
Hududi 115 kvadrat milya (297,8 kilometr kvadrat)dan iborat. Hind okeanidagi 2000 ta oroldan faqat 200 tasida odamlar yashaydi. 1965 yilda Buyuk Britaniya mustamlakasidan mustaqillikka erishgan mamlakatda 340 ming kishi istiqomat qiladi.
Seyshel orollari
Hududi 176 kvadrat milya (455 kilometr kvadrat)dan iborat. 1976 yilda Britaniyadan ajralib chiqqan Hind okeanidagi bu orollar guruhining 81 ming aholisi hozirda o‘z davlatining mustaqil fuqarolari hisoblanadi.
Sent-Kits va Nevis
39 ming aholiga ega Karib dengizi davlatining umumiy 104 kvadrat milya, ya’ni 261 kilometr kvadrat (Sent-Kits oroli – 168 km/kv, Nevis oroli– 93 km/kv) yer maydoni bor. 1983 yilda mustaqillikka erishgan mamlakat bir xil nomdagi ikkita oroldan iborat.
Marshall orollari
Aholisi 58 ming kishi, atollar, riflar va 34 oroldan iborat Marshall orollarining yer maydoni atigi 70 kvadrat milya (181,3 kilometr kvadrat)ga yetadi. 1979 yil may oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari ularning konstitusiyasi va prezidenti Amatu Kabuani tan olib, Marshall orollariga mustaqillik berdi.
Lixtenshteyn
Lixtenshteyn 62 kvadrat milya yoki 160 kvadrat kilometr yer maydoniga ega. Avstriya va Shveysariya o‘rtasidagi Alp tog‘larida joylashgan, 34 ming kishilik aholiga ega mamlakat dunyodagi eng kichik davlatlardan biridir.
San-Marino
IV asrda tashkil etilgan Yevropadagi eng qadimgi, dunyodagi eng kichik davlatlardan biri San-Marinoning maydoni 24 kvadrat milya (61,2 kilometr kvadrat)ni tashkil etadi. Mamlakat markaziy Italiyaning shimolida joylashgan va uning 29 ming aholisi bor.
Tuvalu
Tuvalu yer maydoni atigi 9 kvadrat milya (26 kilometr kvadrat)ni tashkil etadi. Tuvalu Polineziyadagi 360 milyalik orollar zanjirida joylashgan 9 ta marjon atollaridan iborat. Aholisi – 12 ming kishi.
Nauru
Tinch okeanining g‘arbiy qismida, Mikroneziyaning janubida joylashgan marjon orolining maydoni 8,5 kvadrat milya (21,3 kilometr kvadrat)dan iborat. 13 ming aholi mamlakatdagi fosfat qazib olish hisobiga kun kechiradi. “Xursandchilik oroli” nomi bilan ham tanilgan mamlakat 1968 yilda Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya qo‘shma ma’muriyatidan ajratilib, mustaqillikka erishgan.
Monako
Monako knyazligi 0,7 kvadrat milya (2,02 kvadrat kilometr) maydonni egallaydi. Bu Fransiyaning janubiy qirg‘og‘ida, O‘rta yer dengizi sohilid ajoylashgan dunyodagi eng kichik davlatlardan biridir. Aholisi 32 ming kishi, faqat Fransiya bilan chegaradosh davlat Monte-Karlodagi kazinolari bilan butun dunyoga mashhur. Aytishlaricha, hisobingizda 7 ta nollik mablag‘ingiz bo‘lmasa, u yerga borishning hojati ham yo‘q.
Vatikan
Katoliklarning ma’naviy markazi, 770 kishi aholiga ega suveren davlat Italiya poytaxti Rim shahrining markazida joylashgan. Mamlakat maydoni 0,2 kvadrat milya (440 ming kvadrat metr)ni tashkil qiladi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.