Fidoyi suratkash

1950 yilda Samarqand tumanining Turkman qishlog‘ida tug‘ilgan Rabbim Hotamov jurnalistikaga ilk qadamni Turkmanistonda o‘tagan harbiy xizmati chog‘ida qo‘ygan.

O‘sha yillarda navqiron yigit “Charjauskaya pravda” gazetasida shtatsiz muxbir sifatida ishlagan.
1975 yildan boshlab Bulung‘ur tumanining “Kommunist” (hozirgi “Bulung‘ur hayoti”) gazetasida musahhih, muxbir, fotomuxbir bo‘ldi. Keyinchalik “Ovozi Samarqand”, “Samarkandskiy vestnik”, “Zarafshon” gazetalarida muxbir va fotomuxbir sifatida mehnat qilib, zamon ruhi aks etgan dolzarb mavzudagi maqola hamda fotolavhalari bilan elga tanildi.
Gazetachilikning barcha mashaqqatlarini boshidan o‘tkazgan faxriy jurnalist 4 farzandni el koriga yaraydigan mutaxassislar qilib tarbiyaladi.
O‘zining 75-bahorini qarshilagan Rabbim Hotamov hamon "Bulung‘ur hayoti" gazetasida ishlab, yoshlarga o‘z tajribalarini o‘rgatib kelmoqda. Bugun ham g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilayotgan hamkasbimizga uzoq umr tilaymiz!