Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling, 500 000 so‘m berilayotgani haqidagi feyk-xabarlarga ishonmang!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali telegram kanali turli tarmoqlarda firibgarlar tomonidan yolg‘on ma’lumotlar tarqatilayotgani haqda xabar berildi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda My.gov.uz logotipi hamda davlat rahbarining fotosuratidan foydalangan holda soxta “Yediniy Portal Uzbekistana” sahifasi ochilib, har bir fuqaroga 500 000 so‘mdan berilayotgani haqida yolg‘on axborotlar tarqatilmoqda.

Mazkur xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va yurtdoshlarimizni bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqiramiz.

Firibgarlar bu usuldan foydalanib fuqarolarning plastik kartalaridan pul o‘g‘irlashni rejalashtirishgan bo‘lishi mumkin.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) haqida ishonchli ma’lumotlarni uning rasmiy veb-saytidan olish mumkin", deyiladi xabarda.