Forbes eng saxiy milliarderlar reytingini tuzdi

Amerikaning Forbes nashri eng saxiy amerikalik milliarderlarning reytingini tuzdi. Nashr ularning butun hayoti davomida xayriya ishlariga qancha mablag‘ sarflaganligini hisoblab chiqdi. Xayriya mablag‘lari 2020 yilgacha, kapital esa 2021 yil yanvar oyining yarmi holatiga ko‘ra hisoblangan.

Uorren Baffett

Nashrning ta’kidlashicha, eng saxovatli 42,8 milliard dollar xayriya qilgan media-magnat Uorren Baffet bo‘lgan. Baffetning umumiy boyligi 88,8 milliard dollarga baholangan. 2010 yilda Baffet amerikalik milliarderlar boyligining kamida yarmini xayriya ishlariga sarflashga undovchi "Thye Giving Pledge" tashkil etdi. Baffetning o‘zi boyligining 99 foizini xayr-ehson uchun ajratishga va’da bermoqda.

Bill va Melinda Geys

Reytingda ikkinchi o‘rinni Bill va Melinda Geyslar egalladi. Ularning boyligi 120,7 milliard dollar va xayr-ehsonning umumiy miqdori 29,8 milliard dollarni tashkil etadi. 2020 yilda er-xotin ikki yil mobaynida COVID-19 ga qarshi kurashda 1,75 milliard dollar sarflashga va’da berishdi.

Jorj Soros

Jorj Soros Forbes reytingida uchinchi o‘rinni egallab, hozirgi 8,6 milliardlik holatiga nisbatan umri bo‘yi 16,6 milliard dollar xayriya mablag‘i sarfladi. Uning «Ochiq jamiyat» jamg‘armalari dunyoning 120 mamlakatida demokratiya va saylovchilar huquqlariga e’tibor qaratgan. U faqatgina 2020 yilda shu yo‘nalishda 140 million dollar ajratdi. Bundan tashqari, o‘tgan yili u kamsitishga qarshi kurash, inson huquqlarini himoya qilish va jurnalistikani qo‘llab-quvvatlash uchun 1,2 milliard dollar ajratdi. COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri Jorj Soros Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy migrantlar tibbiy yordamiga 37 million dollar xayriya qildi.

Maykl Blumberg

To‘rtinchi o‘rinni Nyu-Yorkning sobiq meri Maykl Blumberg egalladi. Uning boyligi 54,9 milliard dollarni, xayr-ehsonning umumiy miqdori esa 11,1 milliard dollarni tashkil etadi. Saxiy amerikalik milliarderlar ro‘yxatiga Amazon asoschisi Jeff Bezos Makkenzi Skottning sobiq rafiqasi (5,83 milliard dollardan ko‘proq xayriya qilgan, beshinchi o‘rin), shuningdek, Facebook rahbari Mark Sukerberg va uning rafiqasi Prissilla Chan (2,7 milliard dollar, o‘ninchi o‘rin) kiradi.

G.Xoldorova tayyorladi.