Dunyodagi eng yosh kriptomilliarder Hindistonga 1 milliard dollar xayriya qildi
- 16.05.2021 09:56
- 105
- Xorij
Dunyodagi eng yosh kriptovalyuta milliarder, Ethereum loyihasi asoschilaridan biri Vitalik Buterin koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun Hindistonga bir milliard dollar xayriya qildi. Bu haqda Forbes jurnali xabar berdi.
Xayriya Hindiston aholisiga kriptovalyutada o‘tkazilgan. Ularni COVID-Crypto Relief va boshqa tashkilotlar qabul qilib olgan.
Hindiston COVID-19 kasalligi holatlari bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonda 3673802 nafar shaxs kasallangan, ushbu kasallikdan o‘lganlarning umumiy soni 266 207 ga yetdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa