Foyda solig‘iga zararni o‘tkazish mumkinmi?
Himmat BOYMURODOV, hisobchi.
- Soliq kodeksining 161-moddasiga asosan soliq to‘lovchi ko‘rilgan zararlarni ushbu davrdan keyingi besh yil ichida kelgusiga taqsimlab o‘tkazishni amalga oshirishi mumkin. Lekin o‘tgan soliq davrida yoki ushbu davrda hisoblab chiqarilgan zararini joriy soliq davrining soliq solinadigan foydasini ko‘rilgan zararning to‘liq summasiga yoki bu summaning bir qismiga kamaytirishga haqli.
Bundan tashqari, taqsimlab o‘tkazilayotgan zararning har bir navbatdagi soliq davrida hisobga olinadigan jami summasi foydaning 50 foizidan oshmasligi, soliq solinadigan foyda taqsimlab o‘tkazilishi kerak bo‘lgan zarar summasi miqdoriga faqat yil yakunlari bo‘yicha kamaytirilishi mumkin.
Savolga viloyat davlat soliq boshqarmasi
bo‘lim boshlig‘i Fayoz IMOMOV javob berdi.