Fransiya-Rossiya savdo-sanoat palatasi delegatsiya vakillari - Samarqandda
- 21.02.2019 15:29
- 92
- Iqtisodiyot
Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Fransiya-Rossiya savdo-sanoat palatasi delegatsiya vakillari Samarqandga keldi.
Tashrif doirasida Fransiya-Rossiya savdo-sanoat palatasi a’zosi, "Art engineering" kompaniyasi vakili Nadejda Viknyanskaya Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari O.Xo‘jayev bilan mehmonxona qurish, Samarqand xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha ikki tomon imkoniyatlari haqida fikrlashdi. Bu borada investitsion loyihalar amalga oshirish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tashrif davomida mehmonlar viloyatdagi yangi sanoat korxonalari hamda Samarqand shahrining tarixiy qadamjolari va diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi.
Baxtiyor MUSTANOV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Siz ham his qildingizmi?
- 3 soat avval
- Samarqand
ЮНЕСКО Бош директори Самарқандга келди
- Bugun, 08:49
- Samarqand
Kitoblarda jo bo‘lgan tarix, ijod va hayot
- Kecha, 19:56
- Jamiyat