Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar huquqini himoya qilyapti
Joriy yilning 11 oyi davomida Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudiga kelib tushgan 2588 ta da’vo arizaning 2225 tasi mazmunan ko‘rib chiqilgan. Ularning 1972 tasi qanoatlantirilgan, 222 tasini qanoatlantirish rad qilingan, 11 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 20 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan. Sud majlislarining 856 tasi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari manfaatlarini ko‘zlab, Savdo-sanoat palatasi tomonidan 70 ta, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan 94 ta da’vo arizalari kiritilgan.
Bu albatta, tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish va ularga har tomonlama ko‘mak berish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligining amaldagi isbotidir.
Qolaversa, mazkur tashkilotlar da’vogar tarafning manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan sudga da’vo kiritish bilan birgalikda, sud majlislarida ham da’vogarning manfaatida qatnashishi ularga huquqiy yordam bo‘lmoqda.
Joriy yilda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga protsessual huquqlarning kodeks darajasida belgilab berilishi tadbirkorlar huquqlarining himoya qilinishida yana bir ilg‘or qadam bo‘ldi.
K.TUXTAYeV,
Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudi raisi.