Fransiyadagi ziddiyat: Makron "zo‘ravonliklar islohotni bekor qilishga majburlay olmasligi"ni aytdi
Jamiyatdagi kuchli norozilikka qaramay, Fransiya rahbariyati rad etmagan pensiya islohotiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda.
“Fransiya poytaxti va mamlakatning yirik shahar ko‘chalari odamlar bilan gavjum. Payshanba – Fransiya hukumatining pensiya islohoti loyihasiga qarshi milliy ish tashlash va namoyishlarning navbatdagi, to‘qizinchi kuni o‘tdi.
Parij ko‘chalariga chiqqan namoyishchilar harakat nafaqat aynan shu islohotga, balki to‘liq Fransiya prezidenti siyosatiga qarshi qaratilganini aytishmoqda, deyiladi Euronews telekanalida.
Ushbu bahsli loyihani Emmanuel Makron ma’muriyati Kongressni chetlab o‘tib, odamlar aytganidek, xalq ma’qullashi va qo‘llab-quvvatlashisiz tasdiqlagan. Parij ko‘chalarida minglab odamlar - ularning katta qismi yoshlar, xalq g‘azabi fransuz institutlari va demokratiyasi uchun tahdid deb hisoblovchi Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga qaratilgan. Tahdid esa u ishlarni qanday bajarayotgani, o‘zini tutishi, bu va boshqa inqirozlarni qanday hal qilishi tufaylidir", deya namoyishchilar so‘zlarini keltiradi Euronews muxbiri Aneliz Borjes.
Prezident Emmanuel Makron chorshanba kuni televideniyega bergan intervyusida hukumatni himoya qilib, olovga moy quydi. U o‘z fikridan qaytmasligini, bu islohot qiyin, ammo zarurligini ta’kidladi. Odamlar esa u fikrini o‘zgartirmaguncha va loyihadan voz kechmaguncha ko‘chaga chiqishda davom etishini aytmoqda, deydi Borjes.
Yangi qonunga ko‘ra, oldin ham sanoati rivojlangan mamlakatlarda eng past ko‘rsatkichda bo‘lgan, ishchilar uchun pensiya yoshi 64 yoshni tashkil etadi. Hukumat o‘zgarishlar 2030 yilda pensiya tizimidagi 13,5 milliard yevrolik bo‘shliq oldini olish uchun zarurligini ta’kidlamoqda.
Kasaba uyushmalari esa dam olish kunlarida ko‘proq harakat qilishga chaqirib, 28 mart kuni yana bir umummilliy miting o‘tkazishda qat’iy qolmoqda.
Pensiya islohotiga qarshi o‘tkazilgan ommaviy norozilik namoyishlarining 9-kunida 150 ga yaqin huquq-tartibot xodimi yaralangan, 170 dan ortiq namoyishchi hibsga olingani aytilmoqda.
Emmanuel Makron esa zo‘ravonlik uni islohotni bekor qilishga majburlay olmasligini ta’kidlaydi.