Fuqaroga nogironlik aravachasi yetkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etilayotgani inson huquq va manfaatlariga oliy qadriyat sifatida qaralayotganining amaldagi ifodasidir.
Buni Past Darg‘om tumanidagi Xalq qabulxonasi faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. Tuman xalq qabulxonasi tomonidan mahallalarda kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar holidan xabar olish va ularni qiynayotgan muammolarini hal etish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, yaqinda xalq qabulxonasi tomonidan fuqarolar murojaatlari yuzasidan aholi o‘rtasida o‘rganishlar olib borilganda tumanning “Sazag‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan Aziz Samiyev yetti oy avval insult olgani, buning oqibatida 1-guruh nogironi bo‘lib, nogironlik aravachasiga muhtoj ekani ma’lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tuman bo‘limi tomonidan ushbu fuqaroga nogironlik aravachasi yetkazib berildi.
S.Chorshanbiyev,
Past Darg‘om tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.