Fuqarolardan  51 million so‘mlik pirotexnika vositalari olib qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda viloyatning Kattaqo‘rg‘on, Past Darg‘om, Samarqand va Payariq tumanlarida pirotexnika vositalariga qarshi kurashish yo‘nalishida tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar doirasida Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi F.J., pastdarg‘omlik Q.M., F.S., Samarqand tumanilik M.R., Z.O., K.B., Kattaqo‘rg‘on shahrilik P.T. hamda payariqlik J.D.lardan qiymati qariyb 51 million so‘mlik 395 qutidagi “Britanik” va “Trenya” hamda 14 dona “7 shots” (salyut) pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Ayni paytda ushbu holatlar bo‘yicha yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.