Fuqarolarni Avstraliya va Koreya davlatlariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.X. fuqaro M. ning ishonchiga kirib, uni Koreya davlatiga ishga jo‘natish uchun vizalarini tezlashtirib olib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bundan tashqari, M.X. M.ning ukasi J.ni ham Koreya davlatiga ishga jo‘natish va viza hujjatlarini tezlashtirib olib berish evaziga 5 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar M.A. va Sh.A.lar bir qator shaxslarning ishonchiga kirib, ularga Avstraliya davlatiga borish uchun sayyohlik vizasini tayyorlab berishni va’da qilib, jami 6 nafar fuqaroning 39 000 AQSh dollari va 26,4 mln. so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.