Fuqaroligini olish deyarli mumkin bo‘lmagan mamlakatlar

Agar siz fuqaroligingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, dunyoda sizga “boshpana” beradigan mamlakatlar juda ko‘p. Ammo quyida keltirilgan mamlakatlarga ketishga hatto urinib ham ko‘rmang. Fuqaro sifatida boshqalarni ayamaydigan mamlakatlar bilan tanishamiz.

Vatikan

Sayyoradagi eng qattiq migratsiya siyosatidagi davlat. U yerda 800 nafarga yaqin kishi yashaydi. Ulardan faqat 450 nafarga yaqini fuqarolikka ega.

Agar siz mahalliy kardinal, Muqaddas Taxt diplomati, Vatikan rasmiysi yoki katolik cherkovi xodimi bo‘lsangiz, Vatikanlik bo‘lishingiz mumkin.

Lixtenshteyn

Mahalliy yashovchilari taxminan 40 ming kishi bo‘lgan bu kichkina mamlakat fuqarosi bo‘lish uchun hozirgi fuqaroligingizdan voz kechasiz, 30 yil kutasiz va shu vaqt davomida Lixtenshteynda yashab turasiz.

Agar yosh bo‘lsangiz (20 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz), shu yoshgacha bo‘lgan davrning har yili ikki yil hisobiga o‘tadi. Masalan, ushbu mamlakatga 5 yoshida kelgan bola 20 yoshida fuqaro bo‘lishi (bo‘lmasligi ham) mumkin.

Lixtenshteynlik bo‘lishning yana bir usuli – mahalliy fuqaro bilan turmush qurish. Bu holda kutish muddati 5 yilgacha qisqaradi.

Qatar

Agar otangiz qatarlik bo‘lmasa, demak, siz qatarlik bo‘la olmaysiz. Bu holatda ona fuqaroligi hisobga olinmaydi.

Qatar rezidenti bo‘lish uchun mamlakatda kamida 25 yil yashab, uni 2 oydan ortiq tark etmasdan yashashingiz kerak bo‘ladi. Hatto, shundan so‘ng ham ijobiy natijaga umid qilmasdan ariza topshirishingiz mumkin.

Har yili bu davlat 50 nafardan ortiq bo‘lmagan chet elliklarni fuqarolikka qabul qiladi.

Birlashgan Arab Amirliklari

Fuqarolikka murojaat qilish imkoniyatini olish uchun Amirlikda kamida 30 yil yashagan bo‘lish kerak.

Ummon, Bahrayn yoki Qatar davlatlari fuqarosi ariza bergunga qadar 3 yil yashashi kifoya. Boshqa arablar uchun  bu yerda 7 yil yashash talab qilinadi.

Chet ellik bilan turmush qurgan Amirlikdagi ayolning farzandlariga ham fuqarolik berilmaydi.

Quvayt

Ushbu mamlakat fuqaroligiga da’vogar bo‘lgan kishi Quvaytda 20 yil yashagan musulmon yoki  musulmonchilikni qabul qilib olgan bo‘lishi lozim.

Arablar uchun bu muddat 15 yilgacha qisqartirilgan.

Da’vogar shuningdek, arab tilida ravon so‘zlay olishi kerak.

Shveysariya

Shveysariyaning 2018 yildagi yangi qonunida chet el fuqarosi mamlakatda 10 yil yashagandan keyingina shveysariyalik bo‘lishga urinishi mumkinligi aytilgan.

Bundan tashqari, u Yevropa Ittifoqi fuqarolari, kanadaliklar va amerikaliklarga mamlakatda 5 yillik yashash muddatidan so‘ng beriladigan ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lishi kerak. Qolganlardan esa 10 yil talab qilinadi.

Xitoy

Bu davlatda chet elliklarni fuqarolikka qabul qilish ehtiyoji yo‘q. Negaki, o‘zining fuqarolarining boradigan joyi yo‘q.

Bu Xitoy fuqarosi bo‘lishda yengib bo‘lmaydigan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi va unchalik oson kechmaydi. Yagona oqilona imkoniyat – u yerdagi fuqaroligi bo‘lgan qarindoshingiz.

Qaroringiz qat’iy bo‘lsa-da, bu juda qiyin. Masalan, siz mamlakatda uzoq vaqt yashashingiz kerak, shu bilan birga u yerda qancha vaqt bo‘lib turishingiz muddati aniq emas.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.