Fuqarolik burchimni shifoxonada bajarishga to‘g‘ri keldi
- Taqdir taqozosiga ko‘ra, bu yilgi saylovda shifoxonada ovoz berishimga to‘g‘ri keldi, - deydi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida davolanayotgan Ofiyat Lutfullayeva. - 30 yildan buyon allergiya xastaligidan aziyat chekaman. Shuning uchun shifoxonada tashkil etilgan uchastkada xalq manfaatini ustuvor qo‘ygan nomzodlarga ovoz berdim.
Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasidagi 145-saylov uchastkasida 200 nafar bemorlar shahar, viloyat kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi uchun nomzodlarga ovoz berishmoqda.