Fuqaroning birorta ham savoli javobsiz qolmasligi kerak
Paxtachi tumanida bo‘lgan davra suhbatida gap mahalla oqsoqoli saylovi haqida borar ekan, pirovardida ana shunday xulosaga kelindi.Unda xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, saylovga ko‘maklashuvchi komissiya a’zolari va saylovni tashkil etuvchi ishchi guruhlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Saylovga ko‘maklashuvchi viloyat Komissiyasi a’zosi F.Toshev boshqargan suhbatda fuqarolarni saylov qonunchiligi va tartib-tamoyillaridan xabardor etish,saylovni namunali tashkil etish haqida gap bordi.
- Saylovgacha ham, ovoz berish chog‘ida ham anjuman qatnashchilari, umuman aholidan saylovga oid tushadigan har bir savol e’tiborsiz, javobsiz qolmasligi kerak, - dedi F.Toshev. - Buning uchun ishchi guruhi rahbari va a’zolari bu sohaga doir hujjatlarni puxta o‘rganishlari zarur.
Davra suhbati ishtirokchilari ayrim guzarlarda vakillar tanlovi jarayoni bilan tanishdilar.